00:15 / 09.09.2020
8078

Tesla aksiyalari narxi 20 foizga tushib ketdi

Foto: Reuters

8 sentyabrdagi savdolar vaqtida Tesla kompaniyasi aksiyalari 20 foizga qadrsizlashib ketdi. Bunga esa S&P 500 indeksi qo‘mitasining kompaniyani indeksga qo‘shmaslikka qaror qilganiga bozorning munosabati sabab bo‘lgan.  

Tesla indeksga qo‘shilmasligi 4 sentyabrda ma'lum bo‘lgan. Shundan keyin kompaniya aksiyalari narxi 8 foizga tushib ketgan. 7 sentyabrda AQShda Mehnat kuni nishonlangani sababli birjalar ishlamagan. 8 sentyabrdagi savdolar o‘rtalariga kelib kompaniya aksiyalari narxi biroz o‘sgan, biroq avvalgi savdolarga nisbatan 15 foiz arzonroq sotilgan.

Kompaniya aksiyalari joriy yil boshidan beri 400 foizga qimmatlashgandi. Ushbu natija evaziga Tesla dunyodagi eng qimmatbaho avtomobilsozlik kompaniyalaridan biriga aylangan. “Bir tomondan, uning aksiyalari S&P 500’ga kiritilmagani uchun arzonlashgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bu kompaniya qiymatining to‘g‘rilanishidir”, deb ta'kidlab o‘tgan NORD/LB nemis banki tahlilchisi Frank Shvope.
 

Top