08:51 / 10.09.2020
5218

Marg‘ilonda 35 000 000 so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yilning 5 sentabr kuni Marg‘ilon shahri "Ipak yo‘li" MFY hududida yashovchi A.A. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati.

U 4 sentabr kuni soat 13:00larda noma'lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi shkafidan umumiy narxi 35 000 000 so‘mlik ayollar tilla-taqinchoqlari va 150 000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini ma'lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni O.M. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

“Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Top