18:01 / 10.09.2020
4211

Noyabrgacha bog‘chalarga elektron navbat tizimi ishlamaydi

Bog‘chalarda bir guruhda tarbiyalanuvchilar soni 15 nafardan oshmasligi tavsiya qilinmoqda.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlariga elektron navbat joriy yilning noyabr oyigacha ishlamaydi. Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin bu tizim xodimlarini pandemiya sharoitida ishlashga moslashtirish bilan bog‘liqligini ma'lum qildi.

«Elektron navbat faoliyati joriy yilning noyabr oyigacha ishlamay turadi. Hozircha barcha sa'y-harakatlar MTTga qatnashni boshlagan tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

Bugungi kunda guruh uchun tavsiya qilingan bolalarning maksimal soni 15 nafarni tashkil etmoqda. Maktabgacha ta'lim muassasalari mutaxassislari pandemiya sharoitida ishlashni o‘rganishlari, vazirlik esa ko‘nikma orttirib ulardan xulosa chiqarishlari ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, 3 yoshli bolalar hali ijtimoiy masofa va gigiyena ahamiyatini tushunishmaydi, bu esa ular va atrofidagilar salomatligini xavf ostiga qo‘yishi mumkin», deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qayd etilishicha, Maktabgacha ta'lim vazirligi boshqa vazirliklar va xizmatlar bilan hamjihatlikda bog‘chalarda xavfsiz sharoitlar yaratish ustida ishlarni davom ettirmoqda.

Top