20:04 / 10.09.2020
9544

O‘zbekistonda fuqaroning rasmidan uning roziligisiz foydalanish taqiqlanishi mumkin

Mazkur norma yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksi loyihasiga kiritilgan, deb ma'lum qildi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori A'zam Madaminov.

Foto: KUN.UZ

«Amaldagi Fuqarolik kodeksida birovning rasmini olib undan foydalanish uchun egasini roziligi kerak degan aniq norma yo‘q. Boshqalarning rasmidan roziliksiz bemalol foydalanib yurishibdi.

Masalani tartibga solish, jabrlangan tomonni huquqiy himoya qilish maqsadida yangi loyihaga alohida modda kiritilyapti. Bunda fuqaro tasviri qonunan himoyalanadi. Kimdir bir fuqaroning rasmi yoki tasviridan foydalanmoqchi bo‘lsa, uning roziligi kerakligi belgilab qo‘yiladi.

Albatta, istisno holatlar ham mavjud. Masalan, tezkor qidiruv holatlarida fuqaro roziligi talab qilinmaydi. Qolaversa, jamoat joylarida, har xil tadbirlarda tushirilgan suratlarni tarqatishga rozilik kerak bo‘lmaydi. Loyihada bu kabi holatlar ko‘rsatib o‘tilmoqda», – dedi A'zam Madaminov 10 sentabr kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Top