19:00 / 11.09.2020
8358

Buxoro viloyati hokimi boshchiligida sektor rahbarlari «Buxoro HETK» AJ ish faoliyati bilan tanishishdi

Foto: Buxoro HETK

Viloyat hududida energetika sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Farhod Umarov boshchiligidagi sektorlar rahbarlari “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatida bo‘lishdi.

“Buxoro HETK” AJ tomonidan viloyatda energetika sohasini yanada rivojlantirish, ishlab chiqilgan dasturlar hamda loyihalarning joylardagi ijrosini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 

Tizimdagi yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga e'tibor qaratildi. O‘rganishlar doirasida viloyat aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining elektr energiyasi ta'minoti masalalari tahlil qilindi.

Xususan, Buxoro viloyatida elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni to‘la tatbiq qilish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda. Sektor rahbarlari, “Buxoro HETK” AJning bosh direktori hamda mutaxassis xodimlari tomonidan viloyat miqyosida o‘tgan davr mobaynida bu borada olib borilgan ishlar hamda ushbu tizim orqali iste'molchilarga yaratiladigan qulaylik va imkoniyatlar, shu bilan bir qatorda erishilishi kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik xususidagi taqdimot bilan tanishdilar.

Shuningdek, viloyat rahbarlari jamiyatning “Tezkor dispetcherlik xizmati” hamda yaqinda tashkil etilgan, elektr energiyasi iste'molchilari uchun 24 soat davomida xizmat ko‘rsatuvchi “Call markaz” faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdilar. Shu bilan bir qatorda mavjud kamchiliklar yuzasidan o‘zlarining tavsiya va topshiriqlarini berdilar.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.

Top