22:29 / 11.09.2020
9628

Xitoyda mehmonxona oldida kuchli portlash yuz berdi 

Xitoyning Chjuxay shahridagi Doumen tumanida joylashgan mehmonxonalardan biri yonida portlash yuz berdi. Bu haqda Sina nashri xabar berdi.  

Videodan kadr

Portlash jarohatlanganlarga olib kelgan. Unga nima sabab bo‘lgani noma'lum, biroq gaz portlagan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda portlash videolari tarqalgan. 

Xitoyning markaziy televideniyesi ma'lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida kamida 3 kishi jarohat olgan. Ular shifoxonaga yetkazilgan.

Bundan tashqari, portlash to‘lqini oqibatida yaqin oradagi do‘konlar va uylarga shikast yetgan. Ayni vaqtda voqea joyidagi yong‘in o‘chirilgan. Yaqin atrofdagi bir nechta ko‘chalar bo‘ylab harakatlanish to‘xtatilgan.

Top