10:07 / 13.09.2020
25038

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 47 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 192 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, jami holatlar soni 47 ming 42taga yetgani, ayni vaqtda shifoxonalarda davolanayotganlar soni (aktiv keys) 3 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

«Yangi kasallanish holatlarining 96 nafari Toshkent shahrida, 51 nafari Samarqand viloyatida, 17 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, yana 8 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 83 yoshli B.R. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 74 yoshli X.Z. (ayol) koronavirusga chalingan bemor vafot etdi va jami qurbonlar soni 388taga yetdi.

Shu vaqtgacha 43 ming 511 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda O‘zbekistonda 3 143 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top