11:56 / 14.09.2020
9162

O‘zbek olimlaridan iborat delegatsiya Dushanbega maxsus reysda yetib bordi

Ular tojikistonlik hamkasblari bilan Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmonning o‘zbek-tojik hamkorligini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini muhokama qiladilar

Bugun, 14 sentabr kuni, Dushanbeda «O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlarining do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ishonchni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi, tojik-o‘zbek strategik sherikligining yangi sahifasini ochish» mavzusida ikki kunlik ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi.

Asia-Plus xabariga ko‘ra, Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan tashkillashtirilgan va Tojikiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tayotgan tadbirda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari, akademik Akmal Saidov boshchiligida mamlakatning taniqli olimlari, tadqiqotchilari va yetakchi ekspertlaridan iborat rasmiy Toshkent delegatsiyasi ishtirok etmoqda. 

O‘zbekistonlik olimlar va mutaxassislar (21 kishi) Dushanbega maxsus charter reysi bilan Toshkentdan yetib kelishdi.

Yalpi majlislardan tashqari, seksion uchrashuvlar ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular davomida ikki mamlakat ekspertlari va mutaxassislari ikki tomonlama hamkorlikning ko‘plab masalalarini muhokama qiladilar. 

Bundan oldin, O‘zbekiston va Tojikiston bosh vazirlari chegaralarni ochish va parvozlarni tiklash masalasini ko‘rib chiqishi xabar berilgandi. 

Top