10:15 / 15.09.2020
11825

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 48 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 197 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, jami holatlar soni 48 ming 192taga yetgani, ayni vaqtda shifoxonalarda davolanayotganlar soni (aktiv keys) 3 266 nafarni tashkil etayotgani haqida xabar berdi.

«Yangi kasallanish holatlarining 117 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Namangan viloyatida, 20 nafari Toshkent viloyatida, 12 nafari Samarqand viloyatida, 10 nafari Xorazm viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida, 2 nafari Farg‘ona viloyatida, 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 63 yoshli N.Q. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 42 yoshli O.B. (ayol) koronavirus oqibatida vafot etgan va O‘zbekistonda shu vaqtgacha rasmiy statistikada qayd etilgan qurbonlar soni 400taga yetgan.

Shu vaqtgacha 44 ming 526 bemor koronavirusdan sog‘aygan (92 foiz).

Hozirda O‘zbekistonda 3 266 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 451 nafari og‘ir, 243 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top