12:45 / 15.09.2020
7534

O‘zbekistonga 23 mln dollarlik 360,4 ming dona mobil telefon import qilindi

Joriy yilning 1 sentabr holatiga ko‘ra, mamlakatga qiymati 23,3 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 360,4 ming dona mobil telefonlari import qilingan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu yil mobil telefon importiga 19,6 million AQSh dollari ko‘p sarflangan.
 
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 18ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan. Import hajmi yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy (14,9), Vetnam (3,7), Hindiston (2,8) va 1,1 million AQSh dollari bilan Birlashgan Arab Amirliklarini ko‘rish mumkin.
 
Ma'lumot o‘rnida, mamlakatda 2019 yilda 235 ming dona qiymati 31,7 mlrd. so‘mlik uyali va boshqa simsiz aloqa tarmog‘i uchun telefonlar ishlab chiqarilgan.

Mavzuga oid
Top