13:55 / 16.09.2020
27738

Arnasoy tumani hokimi ishdan olindi

Jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimi o‘zgardi. Arnasoy tumaniga Xurshid Shukurullayevich Alimardanov yangi hokimi sifatida tanishtirildi.

Bugun, 16 sentabr kuni Xalq deputatlari Arnasoy tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Arnasoy tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Jamoliddin Abdug‘aniyevich Berdiboyev lavozimidan ozod etildi.

Jamoliddin Berdiboyev (suratda chapda)

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari Umar Sapayevich Ismailov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan viloyat hokimi Ergash Soliyev Arnasoy tumani hokimi lavozimiga Xurshid Shukurullayevich Alimardanov nomzodini taklif qildi. Deputatlar ushbu nomzodni ma'qulladi.

Xurshid Alimardanov

Xurshid Alimardanov 1979 yilda Baxmal tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U 2019 yildan buyon Sharof Rashidov tumani prokurori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Jamoliddin Berdiboyev Arnasoy tumaniga 2018 yilning aprel oyidan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.
 

Mavzuga oid
Top