11:56 / 17.09.2020
5129

O‘zbekistonda yanvar-avgust oylarida avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshgani ma'lum bo‘ldi

2019 yilning shu davrida 172 748 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 193 180 dona.

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil yanvar-avgust oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma'lumot berdi.

Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshgan. 2019 yilning shu davrida 172 748 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 193 180 dona.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yil yanvar-avgust oylarida 46 904 dona Nexia T-250, 52 202 dona Cobalt, 35 150 dona Lacetti-Gentra, 35 322 dona Damas, 18 275 dona Spark hamda 5 327 dona Labo avtomobili ishlab chiqarildi.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish kamaydi. 2019 yilda - 3 450 dona, 2 546 yilda - 2 169.

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish ko‘paydi. 2019 yilda 131,0 ming dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 154,3 ming.

2020 yil yanvar-avgust oylarida traktor ishlab chiqarish hajmi 630 donani tashkil etdi (2019 yilda - 983).

Top