23:39 / 20.09.2020
48812

Koronavirus O‘zbekistonda: Og‘ir ahvoldagi bemorlar soni 800dan oshdi

20 sentabr kuni O‘zbekistonda 648 kishida koronavirus aniqlanib, 661 kishi tuzalgani tasdiqlandi. Kunlik kasallanish ko‘rsatkichi so‘nggi uch kundan buyon 600dan ko‘proqni tashkil etmoqda.

Rasmiy statistikada jami holatlar 51 mingdan ortdi: hozirgacha 51 640 kishida koronavirus aniqlanib, ulardan 47 932 nafari tuzalgan.

Qurbonlar soni kamida 6 nafarga ortib, SSV statistikasi bo‘yicha 433 nafarga yetdi.

Yangi holatlar (+648)

Toshkent shahri va Toshkent viloyati infeksiyaning asosiy o‘chog‘i bo‘lib qolmoqda. So‘nggi kunlarda Namangan viloyatida ko‘plab holatlar qayd etilayotgani e'tiborga molik.

  • Toshkent shahri – 429
  • Toshkent viloyati – 121
  • Namangan viloyati – 45
  • Andijon viloyati – 18
  • Samarqand viloyati – 13
  • Xorazm viloyati – 7
  • Qashqadaryo viloyati – 6
  • Sirdaryo viloyati – 5
  • Qoraqapog‘iston Respublikasi – 4

Tuzalganlar (+661)

Kun davomida 661 kishi COVID-19'dan tuzalgani tasdiqlandi. Jami sog‘ayib chiqqanlar 47 932 nafar yoki kasallanganlarning 93 foizini tashkil etmoqda.

  • Toshkent shahri – 436
  • Toshkent viloyati – 119
  • Namangan viloyati – 48
  • Andijon viloyati – 16
  • Qashqadaryo viloyati – 13
  • Samarqand viloyati – 13
  • Sirdaryo viloyati – 9
  • Xorazm viloyati – 4
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3

O‘lim holatlari (+6)

20 sentabr kuni o‘limi statistikaga kiritilgan 6 marhumning barchasi – 50 yoshdan kattalar. 56 yoshida Germaniyada vafot etgan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev SSV statistikasida Toshkentdagi qurbonlar ro‘yxatiga kiritildi.

  • Yashnobod tumanida yashagan 53 yoshli S.M. (erkak)
  • Quyichirchiq tumanida yashagan 57 yoshli R.E. (erkak)
  • Yunusobod tumanida yashagan 63 yoshli M.A. (ayol)
  • Olmazor tumanida yashagan 61 yoshli R.R. (erkak)
  • Toshkent shahrida yashagan (qaysi tuman ekaniga oydinlik kiritilmadi) 77 yoshli R.Sh. (ayol)
  • Toshkent shahrida yashagan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev (56 yoshida Germaniyada vafot etdi).

Ayni paytda 3 275 nafar bemor COVID-19'dan davolanmoqda. Ulardan 557 nafari og‘ir, 245 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top