14:30 / 21.09.2020
2869

Chexiya sog‘liqni saqlash vaziri Covid-19 bilan bog‘liq vaziyat tufayli iste'foga chiqdi

 Chexiya bahorda virus tarqalishini jilovlay oldi, ammo hozir vaziyat keskinlashdi. O‘tgan juma kuni 3 130ta yangi holat aniqlandi, bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan qariyb mingtaga ko‘p.

Foto: Getty Images

 Chexiya sog‘liqni saqlash vaziri Adam Voytex mamlakatda koronavirus tarqalishining yangi to‘lqini ortidan iste'foga chiqdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

 Hozircha vazirlikni Voytexning o‘rniga kim boshqarishi to‘g‘risida ma'lumot yo‘q.

Agentlikning qayd etishicha, Chexiya bahorda virus tarqalishini jilovlay oldi, ammo hozir vaziyat keskinlashdi. Xususan, o‘tgan juma kuni 3 130ta yangi holat aniqlandi, bu bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan qariyb mingtaga ko‘p.

Mahalliy OAVning ma'lumotlariga ko‘ra, Chexiya YeIda kasallikning kunlik o‘sishi soni bo‘yicha Ispaniyadan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda jami 49 290ta holat qayd etilgan, 503 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top