23:25 / 21.09.2020
4912

Malida sobiq mudofaa vaziri vaqtinchalik prezident etib e'lon qilindi 

Foto: Yahoo! News

Malining sobiq mudofaa vaziri Ba Ndao mamlakatning vaqtinchalik prezidenti etib tayinlandi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar berdi. 

Ushbu qaror saylovchilar hay'ati yig‘ilishi natijalari hamda harbiylarning Malining yetakchi jamoat va siyosiy harakatlari bilan maslahatlashuvlaridan keyin qabul qilingan. 

Vaqtinchalik prezident 18 oy ichida Malining fuqarolik boshqaruviga o‘tishini amalga oshirishi va parlament hamda prezident saylovlari o‘tkazishi kerak.  

Avvalroq G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati sammiti (ECOWAS) Malida hokimiyatni egallab olgan harbiylardan uni fuqarolik shaxsi yoki iste'fodagi harbiylar orasidan tayinlangan vaqtinchalik prezidentga berishni talab qilgan. Buni amalga oshirish uchun 23 sentyabrgacha muhlat belgilangan.

18 avgust kuni Malida harbiylar mamlakat prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta va bosh vazir Bubu Sisseni hokimiyatdan chetlatgan edi. 

70 yoshli Ba Ndao 2014 yil bahorida qisqa muddatga Malining mudofaa vazirligini boshqargan. 

Mavzuga oid
Top