19:09 / 22.09.2020
51719

Budjet tashkilotlari xodimlariga ayrim to‘lovlarni to‘lashni to‘xtatib turish muddati uzaytirildi

Vazirlar Mahkamasi 2020 yil uchun davlat budjeti barqarorligini ta'minlash va xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga muvofiq, budjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi, OTMlarning moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishining to‘xtatib turilishi 2020 yil 1 oktyabrdan 2021 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.

Tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalar, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to‘lashning 1-3 razryadlari qo‘llaniladigan xodimlar bundan mustasno.

Shuningdek, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan 224 mlrd 288 mln so‘m xarajatlar maqbullashtirildi.

Qarorga ko‘ra:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining tasdiqlangan daromadlar prognozining bajarilmasligi hisobiga xarajatlarning maqbullashtirilgan qismi – respublika budjetiga;
  • ushbu qarorga muvofiq maqbullashtirilgan mablag‘lar – Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

Qaror bilan respublika va mahalliy budjetlardan maqbullashtiriladigan xarajatlar tasdiqlandi.

Mavzuga oid
Top