00:19 / 22.09.2020
12210

JSST rahbari koronavirusga qarshi nechta vaksina sinovdan o‘tkazilayotganini ma'lum qildi

Gebreyyesus davlatlar JSST va GAVI’ning barcha nomzod vaksinalar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘playdigan COVAX Facility dasturiga qo‘shilishi muhim ekanligini ta'kidladi.

Foto: iStock

Koronavirusga qarshi 200ga yaqin vaksina klinik va klinikoldi sinovlardan o‘tkazilmoqda, deb ma'lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus.

"Hozirgi vaqtda COVID-19ga qarshi qariyb 200ta vaksina klinik va klinikoldi sinovlardan o‘tkazilmoqda. Vaksinalar rivojlanishi tarixi ularning ayrimlari muvaffaqiyatsiz, boshqalari esa muvaffaqiyatli bo‘lishini ko‘rsatmoqda", - dedi u.

Shu bois Gebreyyesus davlatlar JSST va GAVI’ning barcha nomzod vaksinalar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘playdigan COVAX Facility dasturiga qo‘shilishi muhim ekanligini ta'kidladi.

GAVI’ning ma'lumot berishicha, bugungacha COVAX Facility dasturiga 156 mamlakat qo‘shilgan. Ushbu ro‘yxatdan Yevroittifoqning 27 mamlakati, Norvegiya, Islandiya va Buyuk Britaniya o‘rin olgan. Rossiya, AQSh va Xitoy COVAX Facility dasturiga qo‘shilmagan.

Qayd etilishicha, COVAX Facility 2021 yil oxirigacha barchani yetarli darajada dori-darmon bilan ta'minlash uchun vaksina ishlab chiquvchilar va ishlab chiqaruvchilar bilan kelishuv imzolashni boshlaydi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top