18:48 / 23.09.2020
4774

Shvetsiya karantin joriy etishni o‘ylamoqda

 Shvetsiya hukumati koronavirus tarqalishiga qaramasdan qat'iy cheklovlar joriy etmagani sababli bir necha marta tanqid qilingandi. Mamlakatda epidemiya vaqtida korxonalar, maktab va bog‘chalar faoliyatini to‘xtatmadi. 

Foto: imago

Shvetsiya hukumati koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishi fonida Stokgolmda karantin joriy etish to‘g‘risida jiddiy o‘ylamoqda, deb yozadi Bloomberg.

 Mamlakat bosh epidemiologi Anders Tegnellning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi bir necha hafta davomida poytaxtda barcha yosh guruhlarida kasallikning sezilarli darajada o‘sishi kuzatilmoqda.

Hukumat virus tarqalishi sur'atini pasaytirish maqsadida karantin choralarini joriy etish zaruriyatini muhokama qilmoqda, dedi u.

Tegnell ehtimoliy cheklovlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot bermagan.

Shvetsiya hukumati koronavirus tarqalishiga qaramasdan qat'iy cheklovlar joriy etmagani sababli bir necha marta tanqid qilingandi. Mamlakatda epidemiya vaqtida korxonalar, maktab va bog‘chalar faoliyatini to‘xtatmadi. 

Bugunga kelib Shvetsiyada kasallik yuqtirish holatlari 88 mingdan oshgan, 5,8 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top