00:39 / 23.09.2020
4331

«Yandeks» «Tinkoff» bankini 5,5 milliardga sotib olmoqda. Bank egasi saratonga chalingandi

Foto: Izvestiya

«Yandeks» kompaniyasi Kiprning «TCS Group Holdings» kompaniyasi bilan «Tinkoff» va «Tinkoff sug‘urta» kompaniyalarini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Xolding Rossiyada mashhur bo‘lgan «Tinkoff» bankining ta'sischisi hisoblanadi.

Kelishuvga ko‘ra, «Yandeks» «Tinkoff»ning 100 foiz aksiyalarini sotib oladi. Tomonlar 5,5 milliard dollarga kelishgani aytilmoqda.

«TCS Group Holdings»ning London birjasi saytida qoldirgan xabariga ko‘ra, barcha aktivlar hisob-kitob qilingach, savdo-sotiq narxi aniq bo‘ladi. «Yandeks»da bu savdoning amalga oshirilayotganini tasdiqlashdi. Kompaniya aksionerlari 5,48 milliard dollarlik savdoni tasdiqlashgan.

Bu xabarlar paydo bo‘lgach, «Yandeks» aksiyalari 4 foizga, TSC aksiyalari 7 foizga qimmatladi.

Ma'lumot uchun, «Yandeks» iyunda «Sberbank» bilan hamkorlikni to‘xtatgandi. Ular hamkorlikda «Yandeks.Dengi» va «Yandeks.Market»ni yaratishgan. «Yandeks»ning moliyaviy direktori Greg Abovskiy kompaniya moliya bozorida yangi hamkorlar bilan ishlashga tayyorligini ma'lum qilgandi.

52 yoshli Oleg Tinkov mart oyida saraton bilan og‘riganini ma'lum qilgandi. Oldinroq AQSh hukumati unga 1 milliard dollar miqdorida soliqlarni yashirish bo‘yicha ayblov e'lon qilgan.

Mavzuga oid
Top