13:17 / 23.09.2020
5676

«Yuventus» Morata transferini e'lon qildi

«Atletiko» hujumchisi Alvaro Morata «Yuventus»ga qaytdi. Bu haqda turinliklar matbuot xizmati ma'lum qildi.

«Yuventus» 27 yoshli futbolchini bir mavsumga ijaraga olgan, kelishuvga ko‘ra ijara muddati yana bir yilga uzaytirilishi ham mumkin.

Turinliklar klubi 27 yoshli ispaniyalik futbolchining ijarasi uchun 10 mln yevro to‘laydi. Shuningdek, shartnomada «Yuventus» hujumchini 45 mln yevroga sotib olish huquqiga egaligi ham ko‘rsatilgan. Bu miqdor uch yil davomida to‘lab beriladi.

Ijara shartnomasini uzaytirish uchun «Yuventus»ga yana 10 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi, sotib olish uchun belgilangan keyingi narx esa 35 million yevroga tushadi.

OAV ma'lumotiga ko‘ra, Morataning yillik maoshi miqdori 7,5 million yevroni tashkil etadi.

«Yuve» Morata uchun begona emas. U turinliklar safida 2014 yildan 2016 yilgacha o‘ynagan va 27ta gol, 18ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Mavzuga oid
Top