09:09 / 25.09.2020
8570

Dunyodagi eng mitti muzlatkich yaratildi

Los-Anjyelesdagi Kaliforniya universiteti (UCLA) olimlari dunyodagi eng mitti sovituvchi qurilmani yaratishdi. Qurilmaning o‘lchami 100 nanometrni (1 nanometr millimetrning milliondan biriga teng) tashkil qiladi.   

Olimlar muzlatkichni yaratishda tok berilganda qizishi yoki sovishi mumkin bo‘lgan o‘tkazgichlar va yarimo‘tkazgichlar tizimidan foydalanishgan. Bunda vismut telluridi va surma-vismut materiallari qo‘llangan.

“Bu hajm (bir kub mikrometr) shunchalik kichikki, tirnoqlarimiz har soniya bundan taxminan ming marta kattaroq o‘lchamga o‘sadi”, deb ta'kidlab o‘tishgan tadqiqotchilar.

Qurilma dunyodagi eng kichik termoelektr muzlatkichlardan o‘n ming marta kichikroq bo‘lsa-da, biroq uning foydali ish koeffitsiyenti juda yuqori: u bir kub santimetr hajmdagi muzlatkichdan bir necha million marta va maishiy muzlatkichlardan million marta tezroq ishlaydi.

Bunday mikroskopik qurilmalar mikroelektronikaning turli tizimlarini samarali sovitishda qo‘llanishi mumkin. 

Mavzuga oid
Top