10:07 / 25.09.2020
4053

YaIM o‘sish sur'atiga hududlarning ta'siri qanday bo‘ldi?

Joriy davrda Andijon, Navoiy va Namangan viloyatlarida nisbatan yuqori ijobiy o‘sish sur'atlari qayd etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning I yarim yilligida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 255,3 trln. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 0,2 foizga o‘sdi.

YaIM o‘sish sur'atiga hududlarning ta'siri bo‘yicha e'tibor qaratilsa, joriy davrda Andijon (+ 5,0 foiz), Navoiy (+ 4,3 foiz) va Namangan (+ 3,1 foiz) viloyatlarida nisbatan yuqori ijobiy o‘sish sur'atlari qayd etildi.
 
Samarqand (- 3,9 foiz), Sirdaryo (- 3,1 foiz), Qashqadaryo (- 2,1 foiz) hamda Toshkent shahrida (- 0,5 foiz) yalpi hududiy mahsulot (YaHM)ning kamayishi kuzatildi.

Top