08:25 / 26.09.2020
25748
Reklama

NRG kompaniyasi ortida kimlar turibdi?

Toshkent shahrining me'moriy qiyofasi tobora o‘zgarib bormoqda. Shaharda dastlabki osmono‘par binolar, yirik biznes shaharchalar, shuningdek shahar aholisi uchun eng zarur bo‘lgan uy-joylar barpo etilmoqda. Bugungi kunda yangi binolarni qurish bozori – bu talab va taklif muvozanatiga asoslangan juda ham ko‘p turli xildagi kompaniyalar va ularning mahsulotlaridir. Bularning barchasi, albatta, biznes maqsadlarni ko‘zlaydi, ammo eng muhim jihat haqida – aholining shinam hayot kechirishi haqida unutmaslik lozim. Bunday falsafa uy-joy qurilishining asosi hisoblanadi.

NRG Uzbekistan – MDH qurilish bozoridagi ikki yirik ishtirokchilar – O‘zbekistonning Murad Buildings (www.mbc.uz) hamda Qozog‘istonning BI Group (www.bigroup.org) kompaniyalarining birlashuvidir. Kompaniyalarning birlashuvi haqida joriy yilning mart oyida ma'lum qilingan bo‘lib, asos solingan NRG kompaniyasi allaqachon qo‘shma loyihalarni boshlab yuborgan  va bu vaqtda Toshkent shahrida aqlli va puxta o‘ylangan uy-joylarni barpo etish ishlari yo‘lga qo‘yilgan edi.

Ushbu ikki kompaniyaning umumiy jihati shundaki, Murad Buildings va BI Group ko‘plab o‘xshash biznes tamoyillariga, jadal suratlar bilan rivojlanish qobiliyati, o‘z madaniy dunyoqarashi, kuchli jamoaviy ruhga va ijtimoiy mas'uliyatga ega. Mutaxassislar NRG tashkil etilishi qurilish sohasida samarali xalqaro tajriba va bilim almashinuvi uchun turtki bo‘lib xizmat qilishiga, umuman olganda O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozorining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishiga ishonadilar.

Bugungi kunda NRG Uzbekistan har tomonlama puxta o‘ylangan ikkita loyiha ustida faol ish olib bormoqda. Qisqa vaqt ichida jamoa o‘zining beqiyos g‘oyalarini o‘zida mujassam etdi, o‘ziga xoslik va zamonaviy konsepsiyaning kuchli tomonlari uchun alohida yondoshdi. Va bu hali hammasi emas: 2021 yilda NRG kompaniyasi yana ikkita loyihani ishga tushirishni rejalashtirmoqda va bu haqda keyingi yangiliklarida ma'lum qiladi.

Telefon: 1060

Sayt: u-nrg.uz

Telegram: t.me/nrguzb

Manzil: Toshkent shahri, «Avalon» biznes markazi (Geolokatsiya)

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top