14:16 / 26.09.2020
22426

Toshkentda kriptovaluta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxslar faoliyati fosh etildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi va 190-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Videodan kadr

Huquq-tartibot idoralari 20 bitkoinni 208 ming AQSh dollariga sotayotgan fuqaroni ushlashdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro T.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida, litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat turi bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanishib, fuqaro F.D.ga “1V” (bitkoin) elektron pul birligini 10 463 AQSh dollaridan hisoblab, “20V” (bitkoin) elektron pul birligini o‘zining 7 foizlik ustamasi bilan hisoblab jami 224 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlangan.

Qayd etilishicha, tadbir yakunida T.T.dan elektron pul birliklari sotuvidan tushgan 402 071 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi va 190-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top