02:05 / 27.09.2020
6575

La Liga. «Real» safarda «Betis»ni mag‘lub etib, mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi

Foto: Foto: Twitter/RealMadrid

La Liga 3-turi doirasida «Real» safarda «Betis» mehmoni bo‘ldi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvning 14-daqiqasida Valverde hisobni ochgan bo‘lsa-da, 35 va 37-daqiqalarda Mandi va Karvalyuning gollari mezbonlarni hisobda oldinga chiqardi – 2:1.

48-daqiqaga kelib «Betis» futbolchisi Emerson o‘z darvozasini ishg‘ol etib natijani 2:2 ko‘rinishga keltirib qo‘ygan bo‘lsa, 20 daqiqa o‘tib o‘yinning antiqahramoniga aylandi - qizil kartochka olib maydonni erta tark etdi. 

82-daqiqaga kelib amaldagi chempion jamoa o‘z so‘zini aytdi. Mezbonlarning jarima maydonidagi qo‘polligi uchun belgilangan 11 metrlik nuqtani Serxio Ramos «Panenko uslubi»da darvozaga yo‘llab, Madrid jamoasiga mavsumdagi ilk g‘alabani keltirdi – 2:3.

26 sentabr (shanba)
La Liga. 3-tur.

Betis – Real Madrid 2:3
Gollar:
0:1 – 14 Valverde, 1:1 – 35 Mandi, 2:1 – 37 Vilyam Karvalyu, 2:2 – 48, avtogol Emerson, 2:3 – 82, penalti Ramos.
Betis – Robles, Moreno, Bartra, Mandi, Emerson, Xoakin (Telo, 63), Rodriges, Vilyam Karvalyu, Kanales, Fekir (Moron, 73), Sanabriya (Montoyya, 69).
Real Madrid – Kurtua, Mendi, Varan, Karvaxal, Ramos, Edegor (Isko, 46), Valverde, Kroos (Modrich, 45), Kazemiro, Yovich (Mayoral, 72), Benzema.
Chetlatish: Emerson (68, «B»).

Mavzuga oid
Top