10:16 / 27.09.2020
29019

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 55 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq holatlar soni 55 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

2020 yil 27 sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 179taga oshib, 55 ming 132 nafarni tashkil etmoqda.

So‘nggi 10 soat ichida respublikaning 7 hududida tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi kasallanish holatlari aniqlangan:

  • Toshkent shahrida 97 holat; 
  • Namangan viloyatida 27 holat; 
  • Samarqand viloyatida 17 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 12 holat; 
  • Farg‘ona viloyatida 12 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 7 holat;
  • Toshkent viloyatida 7 holat.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi va rasmiy statistikada qayd etilgan jami o‘lim holatlari soni 456taga yetdi.

Shu vaqtgacha 51 ming 458 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda O‘zbekistonda 3218 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 719 nafari og‘ir, 294 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top