20:28 / 27.09.2020
16187

Xitoyda iyuldayoq koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlangani ma'lum qilindi 

Xitoyda o‘n minglab odamlar koronavirusga qarshi tajribaviy vaksina bilan emlanib bo‘ldi. Vaholanki, vaksinaning xavfsizligi va samaradorligi hali isbotlanmagan, deb xabar berdi New York Post nashri.

Foto: Reuters

Xitoyliklar ushbu vaksina bilan iyuldan boshlab emlana boshlangan.

Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi a'zosi Chjen Chjunveyning ta'kidlashicha, Xitoy vaksinani qo‘llashdan oldin JSST qo‘llab-quvvatlovini olgan. Uning aytishicha, “yuqori xavfdagi” kasblar egalari, misol uchun tibbiy xodimlar vaksinani 22 iyuldan boshlab olish huquqiga ega bo‘lganlar. 

Xitoy vakilining ta'kidlashicha, vaksinaning klinik sinovlari vaqtida uning jiddiy ikkilamchi ta'sirlari qayd qilinmagan.

O‘z navbatida JSSTda ta'kidlanishicha, Xitoy vaksinani “tezkor qo‘llash uchun ichki ruxsat” bergan. Bunday ruxsat berilishi esa davlatlarning o‘z ixtiyorida bo‘lib, JSSTning tasdiqlanishini talab qilmaydi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top