14:41 / 28.09.2020
3575

Sud Trampning AQShda TikTok’ni ko‘chirishni taqiqlovchi farmoniga vaqtincha to‘siq qo‘ydi

Tramp 7 avgustda imzolagan farmonga qarshi ilova egasi bo‘lgan ByteDance kompaniyasi da'vo arizasi kiritgandi.

Foto: AFP/Getty Images

Vashingtonda federal sudya Karl Nikols AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakatda TikTok ilovasini ko‘chirib olishni taqiqlovchi farmoniga vaqtincha to‘siq qo‘ydi. Ushbu qaror taqiq kuchga kirishidan bir necha soat avval qabul qilindi.

Tramp 7 avgustda imzolagan farmonga qarshi ilova egasi bo‘lgan ByteDance kompaniyasi da'vo arizasi kiritgandi.

Tramp ma'muriyati TikTok servisi va Xitoyning Tencent kompaniyasiga tegishli WeChat messenjerini taqiqlash zaruriyatini milliy xavfsizlik va amerikalik foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish bilan izohlagandi. 

Sudda ByteDance kompaniyasi advokati Jon Xoll bunday taqiq foydalanuvchilarning o‘z fikrlari bilan bo‘lishish huquqini buzishini bildirdi. 

 ByteDance kompaniyasining ma'lumot berishicha, AQShda TikTok ilovasidan 120 mln kishi foydalanadi.

Top