Qayd etilishicha, xorijliklar uchun Ukrainaga kirishda o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish yoki sug‘urta polisi bilan bog‘liq talablar qo‘yilmaydi.
Ukraina xorijliklarning mamlakatga kirishlariga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi. Bu haqda mamlakat chegara xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, taqiq 28 sentyabrdan bekor qilingan.
"Endilikda xorijliklar uchun mamlakatimizga kirish taqiqlanmagan", - dedi davlat chegara xizmati spikeri Andrey Demchenko.
Demchenkoning so‘zlariga ko‘ra, xorijliklar uchun Ukrainaga kirishda o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish yoki sug‘urta polisi bilan bog‘liq talablar qo‘yilmaydi.
Xorij fuqarolarining Ukraina hududiga kirishi 28 avgustda taqiqlangandi.