22:22 / 29.09.2020
9923

4-kurs talabalarining amaliyot o‘tash jarayoni qanday tashkil qilinishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda – vazirlik

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi OTMlar faoliyatini muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali Xoliqov pandemiya sharoitida bitiruvchi kurs talabalari amaliyotini tashkil qilish masalasida ma'lumot berdi.

Foto: Fotolia / WavebreakmediaMicro

«To‘g‘ri, amaliyot o‘tash uchun bitiruvchi kurs talabasi oliy ta'lim muassasasiga kelmaydi. Biroq u amaliyot o‘taydigan tashkilot bunga qanchalik tayyorligi noma'lum. Masalan, to‘rtinchi kurslarning asosan Pedagogika fakultetlari amaliyotga chiqadi. Ularning amaliyot o‘tashi uchun maktab bo‘lishi kerak. Maktab bugun ortiqcha odamlarning kirib borishiga tayyorligi ham ma'lum emas», – dedi Abduvali Xoliqov 29 sentyabrdagi matbuot anjumanida.

Ma'lum qilinishicha, sohalar bo‘yicha imkoniyati bor OTMlarning bitiruvchi kurslari amaliyotini qanday tashkil qilish masalasi ko‘rib chiqilyapti.

Shuningdek, bitiruvchilarning ilmiy ishlarini sohalardan kelib chiqib, yakka tartibda ilmiy rahbarlari bilan birgalikda ikki nafardan ortiq odam ishtirok etmaydigan qilib tashkil qilishga ruxsat beriladi.

Avvalroq, 1-kurs talabalari uchun darslar qachon va qay tartibda boshlanishi ma'lum bo‘lgan edi.

Mavzuga oid
Top