14:59 / 30.09.2020
10334

Toshkentda 5ta avtobus yo‘nalishidagi harakat tarkibi rusumini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahridagi 5ta avtobus yo‘nalishidagi harakat tarkibi rusumini o‘zgartirish va 1ta yo‘nalishni bir korxonadan ikkinchisiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlaridagi yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda hamda yo‘lovchilarning murojaat va takliflarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

Jumladan:

9t-sonli “Chilonzor 25-dahasi – Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilar oqimining ko‘payganligini sababli, ushbu yo‘nalishdagi o‘rta hajmli SAZ LE-60 rusumli avtobuslarni katta hajmli Mercedes Benz avtobuslariga o‘zgartirish;
 
77-sonli “Chilonzor 25-dahasi – Mahalliy aeroport-3” avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilar oqimining kamayganligini sababli, ushbu yo‘nalishdagi katta hajmli Mercedes Benz rusumli avtobuslarni o‘rta hajmli SAZ LE-60 avtobuslariga o‘zgartirish;

41-sonli “Chilonzor 25-dahasi – Chilonzor buyum bozori” avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilar oqimining kamaygani sababli, ushbu yo‘nalishdagi katta hajmli Mercedes Benz rusumli avtobuslarni o‘rta hajmli SAZ LE-60 va ISUZU avtobuslariga o‘zgartirish;

121-sonli “Yunusobod 9-dahasi – Chinni bozori” avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilar oqimining ko‘paygani sababli, ushbu yo‘nalishdagi o‘rta hajmli ISUZU rusumli avtobuslarni katta hajmli Mercedes Benz avtobuslariga o‘zgartirish;

87-sonli “Chinni bozori – Qora qamish 2/4-mavzesi” avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilar oqimining kamaygani sababli, ushbu yo‘nalishdagi katta hajmli Mercedes Benz rusumli avtobuslarni o‘rta hajmli ISUZU avtobuslariga o‘zgartirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 1ta 120-sonli “Keles – Chorsu metrosi” avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish “8-avtobus saroyi” MChJdan “18-avtobus saroyi” MChJga o‘tkaziladi. Ushbu yo‘nalishda 6ta ISUZU rusumli avtobuslar tasarruf etiladi. O‘zgarish natijasida 120-sonli yo‘nalish faoliyatini bir maromda tashkil etish imkoniyati yuzaga keladi. 

Mavzuga oid
Top