01:04 / 01.10.2020
21850

Koronavirus: O‘zbekistonda kasallikdan tuzalganlar soni 53 mingdan oshdi

30 sentabr kuni O‘zbekistonda 471 kishida koronavirus aniqlanib, 487 bemor tuzalgani va 4 bemor vafot etgani tasdiqlandi. Kunlik kasallanish ko‘rsatkichi qatorasiga beshinchi kun 500dan kam bo‘lmoqda.

Rasmiy statistikada jami holatlar soni 57 mingga yaqinlashmoqda: hozirgacha 56 825 kishida koronavirus aniqlangan. Ulardan 53 457 nafari tuzalgan.

Qurbonlar soni kamida 4 nafarga ortib, SSV statistikasi bo‘yicha o‘lim holatlari soni 470 nafarga yetdi.

Yangi holatlar (+471)
Kun davomida respublikaning 11 hududida tana harorati ko‘tarilgani hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi kasallanish holatlari aniqlangan.

  • Toshkent shahrida 267 holat;
  • Toshkent viloyatida 91 holat;
  • Namangan viloyatida 32 holat;
  • Jizzax viloyatida 25 holat;
  • Andijon viloyatida 17 holat;
  • Samarqand viloyatida 12 holat;
  • Navoiy viloyatida 9 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 6 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 4 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 4 holat;
  • Xorazm viloyatida 4 holat.

Tuzalganlar (+487)
Kun davomida respublikaning 11 hududida jami 487 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 53 ming 457 nafarga yetdi (94 foiz).

  • Toshkent shahrida 282 nafar,
  • Toshkent viloyatida 90 nafar, 
  • Namangan viloyatida 27 nafar, 
  • Jizzax viloyatida ham 27 nafar, 
  • Andijon viloyatida 20 nafar, 
  • Samarqand viloyatida 12 nafar, 
  • Xorazm viloyatida 9 nafar, 
  • Navoiy viloyatida 8 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 4 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 4 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar bemor tuzaldi. 

SSV 30 sentabr kuni yana 4 nafar bemor vafot etgani va shu vaqtgacha rasmiy statistikaga kiritilgan o‘lim holatlari soni 470taga yetgani haqida xabar qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2898 nafar bemordan 563 nafari og‘ir, 267 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top