17:20 / 02.10.2020
5848

«O‘zbekinvest» bo‘lib o‘tgan avto-moto festival natijalarini taqdim etdi

Foto: O‘zbekinvest

Sport avtomashinalari, retro-avtomobillar, drift, dvigatellarning shovqini, quvnoq musiqa, minglab tomoshabinlar. Bu «Forsaj» filmidagi sahna emas – barcha tashrif buyurganlarga «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi bosh hamkorligida 26-27 sentabr kunlari «Amirsoy» tog‘-chang‘i kurorti hududida bo‘lib o‘tgan O‘zbekistondagi ilk avto-moto festival aynan shunday esda qoldi.

Festival mehmonlari turli yillarda ishlab chiqarilgan har xil rusumdagi avtomobillarni tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishdi. Afsonaviy GAZ-13 «Chayka», GAZ-21 «Volga», Aston Martin DB1, Porsche 911, Ferrari va Lamborghini kabi sport avtomobillari, mototsikllar, elektromobillar, «muscle kar»lar, shuningdek, boshqa mahalliy va horijiy ishlab chiqarilgan avtomobillar ham festivalda namoyish qilindi.

Avtomobil egalari o‘rtasida turli xil tanlovlar va musobaqalar tashkil etildi. Jumladan:

  • «Eng baland ovoz» tanlovida modernizatsiya qilingan avtomobil egalari kimning o‘rnatilgan ovoz va musiqa tizimlari eng balandligini aniqlashdi;
  • «Eng baland ovozli avtomobil» tanlovida esa hakamlar hay'ati eng baland ovozga ega motorni aniqladilar;
  • «Drift» musobaqasida esa avtomobil egalari o‘z «qaldirg‘ochlari»da haydovchilik mahoratlarini ko‘rsatdilar.

Va'da qilinganidek, «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi ham festival mehmonlarini maxsus interaktiv dastur bilan xursand qildi. Jumladan, tashrif buyurganlar keng ko‘lamli fotosurat tanlovida ishtirok etish imkoniga ega bo‘lishdi. Tanlov shartlari bo‘yicha «O‘zbekinvest»ning maxsus banneri oldida suratga tushishlari kerak edi. Tanlov g‘oliblari sahnada tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanib, kompaniyaning qimmatbaho sovg‘alariga ega bo‘ldilar.

Fotosurat tanlovidan tashqari avtofestival mehmonlari «O‘zbekinvest» tomonidan tashkil etilgan sug‘urta sohasiga doir har xil savollarni o‘z ichiga olgan viktorinada ishtirok etishdi. Savollarga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarga ham qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Festivalning ikkinchi kunida kompaniya barcha avtomobil ishqibozlari uchun taqdimot tashkil etdi. Unda «O‘zbekinvest» mutaxassislari avtomobil sug‘urtasi bo‘yicha innovatsion mahsulotlarini namoyish etib, ishtirokchilarning barcha savollariga javob berishdi.

Shuningdek, festivalda namoyish etilgan avtomobillarning qiymati va noyobligini hisobga olgan holda, «O‘zbekinvest» tadbir ishtirokchilarini avtomashinalarini turli xil xavf-xatarlardan sug‘urtalashni ham o‘z zimmasiga oldi.

«O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi bu kabi festivallarning avto va moto sohalarini rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlamoqda. Kompaniya barcha vatandoshlarimizga mahalliy avtosug‘urta madaniyatini shakllantirishdagi ishtiroki va umuman avtomototransportni rivojlantirish uchun ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildiradi.

Reklama huquqi asosida

Top