17:58 / 02.10.2020
5897

Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi Opera va baxshichilik maktab-internatini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev 2 oktabr kuni Nukus shahridagi Opera va baxshichilik maktab-internatini borib ko‘rdi.

Qayd etilishicha, Opera va baxshichilik maktab-internati o‘ziga xos baxshichilik an'anasini davom ettirish, yosh avlodga yetkazishga xizmat qiladi. Mazkur ixtisoslashtirilgan ta'lim maskani o‘tgan oyda ishga tushirildi.

Muassasa 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unga 9-sinfni bitirgan iqtidorli o‘quvchi yoshlar tanlov asosida qabul qilinadi. Hozirda 30 nafar o‘g‘il-qiz o‘qishni boshladi. Ularga taniqli san'at ustalari va pedagoglar saboq bermoqda.

«Bunday maktablarni tashkil etishimizdan asosiy maqsad – tariximizni, madaniyatimizni chuqur o‘rganish, o‘zligimizni anglash. Baxshichilik – qoraqalpoq elining ulug‘ an'anasi, uni rivojlantirish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Top