15:42 / 03.10.2020
6364

EPSILON (EDC): Qirqquloch-1 qudug‘idan olinayotgan tabiiy gaz respublika iste'molchilariga yetkazila boshlandi

Joriy yilning 3 oktyabri soat 13:20 da Qirqquloch-1 qudug‘i asosiy gaz quvuriga ulanib, undan olinayotgan gazni mamlakat aholisiga yetkazib berish boshlandi. Quduq tozalangach, gaz hajmining o‘sishi kuniga 250 ming kub.m ni tashkil etdi.

Bundan tashqari, ikki haftalik muddat ichida yangi kon ochilishi kutilayotgan Allavudin-4 izlov qudug‘ida burg‘ulash hamda Talimarjon-6, Shimoliy Girsan-3 quduqlarini to‘liq ta'mirlash va foydalanishga topshirish ishlari yakunlanadi.

Barcha ishlar belgilangan sanitariya- epidemiologiya va ekologiya me'yorlariga amal qilingan tarzda bajarilmoqda.  

Epsilon Matbuot xizmati

Top