23:59 / 04.10.2020
10655

Kenzo brendi asoschisi koronavirusdan vafot etdi

Foto: Getty Images

Yaponiyalik dizayner, Kenzo brendi asoschisi Kendzo Takada Fransiyada 81 yoshida koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi. 

Dizayner Parij yaqinidagi Nyoyi-syur-Sen kommunasida joylashgan shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Kendzo Takada 1939 yil 27 fevralda Yaponiyada tavallud topgan. 1965 yilda Parijga ko‘chib o‘tgan. 

Takada o‘zining birinchi ayollar kiyimi kolleksiyasini 1970 yilda taqdim etgan, 1983 yildan esa erkaklar kiyimi dizayni, 1988 yildan esa pardoz-andoz buyumlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullana boshlagan. 1993 yilda brend LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) guruhi tomonidan sotib olingan.     

2016 yilda Takada Fransiya Faxriy legioni ordeni kavaleriga aylangan. 

Kenzo lyuks toifasidagi kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar va parfyumeriya brendi hisoblanadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top