17:24 / 05.10.2020
22032

«Chanchun Yatay» Samvel Babayanni bosh murabbiylikdan iste'foga chiqardi

Foto: Tribuna.uz

Xitoyning «Chanchun Yatay» klubi o‘zbekistonlik murabbiy Samvel Babayanni iste'foga chiqarganligini e'lon qildi. 

O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi 2019 yil yakunida «Chanchun Yatay» bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan edi. 

Babayan boshqaruvidagi klub uch guruhga 6 jamoadan bo‘linib o‘tkazilayotgan Xitoy 1-ligasi «S» guruhida 7 o‘yindan keyin 14 ochko bilan 2-o‘rinda borayotgan edi.

Top