14:32 / 06.10.2020
6908

Kuvayt hukumati iste'fo berdi

Hukumat iste'fosi mamlakatning avvalgi hukmdori shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Sabohning o‘limidan bir hafta o‘tib yuz berdi.

Foto: RIA Novosti

Kuvayt vazirlar mahkamasi to‘liq tarkibda iste'fo berdi. Bu haqda Asharq Al-Awsat nashri xabar bermoqda.

 Xabarda aytilishicha, Kuvayt amiri shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh "yangi mahkama shakllanguniga qadar hukumat o‘z vazifasini bajarishiga ishonch bildirgan".

 Hukumat iste'fosi mamlakatning avvalgi hukmdori shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Sabohning o‘limidan bir hafta o‘tib yuz berdi.

83 yoshli shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 30 sentabr kuni qasamyod qilib, mamlakatning yangi amiriga aylandi.

Mavzuga oid
Top