15:05 / 06.10.2020
32880

O‘zbekiston Qirg‘iziston fuqarolari uchun mamlakatga kirish cheklovlarini joriy qildi - OAV

Bugundan boshlab O‘zbekiston Qirg‘iziston va uchinchi mamlakatlar fuqarolari uchun kirish cheklovlarini joriy qildi.

Bu haqda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatiga (DChX) asoslanib, mahalliy OAV xabar bermoqda.

Kuchishlatar tuzilma matbuot xizmatining ma'lumotlariga ko‘ra, o‘zbek tomoni Qirg‘iziston va uchinchi davlat fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish bo‘yicha cheklovlarni joriy qildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston hududida bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarolari mamlakatni tark etishlari mumkin, Qirg‘izistonda bo‘lgan o‘zbekistonliklar esa O‘zbekistonga kirishlari mumkin.

Yuk tashish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, mahkamadagilar davlat chegarasida vaziyat barqarorligini, Qirg‘iziston DChXning bo‘linmalari esa davlat chegarasini qo‘riqlashning kuchaytirilgan rejimiga o‘tkazilganligini ta'kidladi.

Mavzu
Qirg‘izistonda hukumat almashinuvi
Qirg‘izistonda parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan muxolif partiyalar inqilob amalga oshirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top