16:30 / 08.10.2020
8289
Reklama

GRBS Uzbekistan ilk bitiruvchilariga Britaniya Level 3 International Foundation diplomlarini taqdim etdi

Britaniyaning Toshkentdagi NCC Education talabalar shaharchasi GRBS® – abituriyentlarga bakalavrga qadar xalqaro ilmiy daraja olish va ikkinchi yildan o‘qishni chet el xalqaro Universitetlarida yoki O‘zbekistondagi xalqaro Universitetlarning filiallarida davom ettirish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi.

GRBS® hozirgi kunda O‘zbekistondagi eng ko‘p akkreditatsiyaga ega xalqaro o‘quv va imtihon muassasasi bo‘lib, poytaxt markazida keng talabalar shaharchasiga ega. Xalqaro tashkilot NCC Education, ACCA, NEBOSH, Pearson VUE, Microsoft, CISCO, Kryterion, PMI, ETS, BSI – Britaniya standartlari Instituti kabi dunyo bo‘ylab assotsiatsiyalar va muassasalar tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan.

Buyuk Britaniyaning Level 3 International Foundation Diploma for Higher Education Studies (L3IFDHES) dasturini muvaffaqiyatli tugatgan talabalar dunyo miqyosida tan olingan NCC Education Buyuk Britaniya tashkilotining Xalqaro diplomlari beriladi.

Ushbu diplom sizga O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Shotlandiya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya, AQSh, Shveytsariya, Gretsiya, Italiya, BAA, Yaponiya, Singapur, Malayziya, Vetnam, Xitoy va boshqa ko‘plab mamlakatlardagi xalqaro Universitetlarda o‘qishni davom ettirishga imkon beradi.

Joriy yilning 21 avgust kuni ushbu ta'lim muassasasining talabalar shaharchasida birinchi bitiruvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi va bayramona ziyofat tashkil etildi. Marosimda Toshkentdagi Turin Politexnika Universitetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Alisher Ashurov va Kun.uz muxbiri ham ishtirok etdi.

Bitiruv marosimi

«GRBS® nafaqat o‘quvchilarni o‘qitish, yo‘l ko‘rsatish yoki ta'limning barcha jabhalarida takomillashtirishga hissa qo‘shadigan xalqaro ta'lim muassasasi, balki bu o‘qish uchun juda qulay bo‘lgan katta oiladir. NCC Education International Foundation Year bu Universitetdagi butun o‘quv jarayoni qanday davom etishini tushunish uchun ajoyib imkoniyatdir. Muvaffaqiyatli o‘tgan ushbu malaka imtihonlaridan so‘ng, menga qo‘shimcha imtihonlarni topshirmasdan, Toshkentdagi Vestminster Universitetining ikkinchi yiliga muvaffaqiyatli tarzda o‘qishga kirish nasib etdi. Men shu fursatdan foydalanib, GRBS® tashkilotiga biz uchun qilgan ishlari, sa'y-harakatlari, g‘amxo‘rligi va muhabbatlari uchun yana bir bor minnatdorchilik bildirmoqchiman. Birinchi qaldirg‘ochingiz bo‘lishim men uchun juda katta sharaf», - deydi ta'lim muassasasi bitiruvchisi Anora Mamarasulova.

GRBS bitiruvchisi Anora Mamarasulova

GRBS® xalqaro ilmiy malaka kafedrasi mudiri, akademik direktor Andrey Simatovning so‘zlariga ko‘ra, 17 nafar bitiruvchilar Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetini tanladilar va o‘qishni ikkinchi kursdanoq davom yettirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar:

  • Diyora Maqsudxonova, Toshkent;
  • Sevara Abduazizova, Namangan;
  • Xurshidbek Ismonov, Andijon;
  • Muhammadrasul G‘iyosov, Marg‘ilon;
  • Anora Mamarasulova, Zarafshon;
  • Nozima Saidahmedova, Toshkent;
  • Ayubxon Saduloxon, Toshkent;
  • Mahbuba Burxonova, Samarqand;
  • Farrux Jamshedov, Samarqand;
  • Asliddin Hakimov, Toshkent;
  • Azimjon Azimov, Andijon;
  • Muhammadsaxiy Saitov, Toshkent;
  • Azizbek Qosimov, Marg‘ilon;
  • Saydalixon Saydullayev, Toshkent;
  • Oyatilloh Nazarov, Andijon;
  • Quvonch To‘ychiyev, Qarshi;
  • Nodirabegim Danyarova, Toshkent.

7 nafar bitiruvchilar esa Toshkentdagi Turin Politexnika Universitetini tanladilar va 2-kursdan boshlab o‘qishni davom ettirdilar:

  • Shahzod Mardonov, Navoiy;
  • Arman Sulaymenov, Toshkent;
  • Sherzod Husniddinov, Toshkent viloyati;
  • Shahzod Inomov, Toshkent;
  • Xurshid Hasanov, Toshkent;
  • Madinabonu Hodiyeva, Toshkent;
  • Usmon Nosirov, Toshkent.
Andrey Simatov

«Shuningdek, bizda Grinvich Universiteti, Nyu-Kasl universiteti, Lids Universiteti, Oksford Bruks Universiteti, Kardiff Universiteti kabi dunyoning eng yaxshi 500 ta universitetiga kiruvchi xorijiy Universitetlarda o‘qish uchun taklifnoma olgan bitiruvchilar ham bor. Ammo, dunyodagi epidemiologik vaziyat tufayli ular hali ham chegaralarning ochilishini kutishmoqda», - deya qayd yetdi GRBS®.

Ular orasida quyidagi bitiruvchilar ham bor:

  • Nozima Abdug‘aniyeva, Toshkent;
  • Aziza Saydazova, Toshkent;
  • Humoyunmirzo Muhammadjonov, Farg‘ona;
  • Sherzod Ahmadjonov, Toshkent;
  • Ulug‘bek Madaminov, Qo‘qon.

«Bu haqiqatan ham tarixiy voqea, chunki bizning bitiruvchilarimiz birinchi bo‘lib Markaziy Osiyo tarixida L3IFDHES akademik malaka diplomini olishgan», - deydi Kun.uz muxbiri GRBS® asoschisi Bahrom Gurbanovning so‘zlariga asoslanib.

GRBS asoschisi Bahrom Gurbanov

Mamlakatda karantin choralari yumshatilishi munosabati bilan bugungi kunda Xalqaro ta'lim muassasasi to‘liq an'anaviy shaklga, ya'ni offlayn rejimda o‘qishga o‘tdi.

«Agar yana onlayn o‘qitishga o‘tishimiz zarur bo‘lsa, biz uchun bu qiyin bo‘lmaydi, chunki buning uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan», - deya ta'kidladi GRBS® vakillari.

Britaniyaning mukofotlash va imtihon oluvchi organ – 1966 yilda Buyuk Britaniya hukumati tomonidan tashkil etilgan va Buyuk Britaniya hukumat nazorati organi (OFQUAL) tomonidan tartibga solingan NCC Education, shuningdek, boshqa davlat idoralari, masalan: UCAS, Department of Education, Department for Business Innovation and Skills, E-Skills UK (for Computing qualifications), Council for Administration (for Business qualifications) va dunyodagi ingliz ta'limi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Bugungi kunda NCC Education 50 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan Manchester bosh qarorgohida va Xitoy, Malayziya, Singapur hamda Janubiy Afrikadagi 4 ta mintaqaviy ofislarida joylashgan 170 dan ortiq talabalar shaharchalarida namoyish etiladi.

The Towers, NCC Education, Manchester, UK

Tashkilotning o‘zi UK Awarding Body – NCC Education, GRBS®'ning ushbu akademik malaka institutini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini va bitiruvchilarning yuqori natijalarini yuqori baholaydi. Shu munosabat bilan NCC Education mintaqaviy direktori Endryu Renni GRBS®'ga alohida minnatdorchilik bildirdi.

NCC Educationning L3IFDHES xalqaro malaka oshirish oltita asosiy fanni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, har bir talaba kelajakda o‘qishni davom ettirish yo‘nalishiga qarab yana ikkita ixtiyoriy fanni tanlashi mumkin.

«Bizda 6 ta majburiy fanlardan 3 tasi ingliz tilida kasbiy bilim va ko‘nikmalarni taqdim yetadi. Bular – Developing English Language Skills, English for Academic Purposes i Advanced English Language Skills. Ushbu uchta fanning mavjudligi ba'zi universitetlarga IELTS, TOEFL yoki boshqa imtihonlarni topshirishni talab qilmaslikka imkon beradi», - dedi Bahram Gurbanov.

Talabalar uchun juda ko‘p yo‘nalishlar mavjud, mana ulardan bir nechtasi:
HR va biznes menejment, IT texnologiyalari, avtomobilsozlik, sog‘liqni saqlashni boshqarish, aktyorlik, me'moriy texnologiyalar, aerokosmik muhandislik, bank ishi, biofarmatsevtika fanlari, maktabgacha ta'lim, neft va gaz muhandisligi, sun'iy intellekt, kompyuter fanlari va robototexnika, kriminologiya, logistika, marketing, tibbiyot, xalqaro munosabatlar, moda va dizayn, hayvonlarning o‘zini tutishi, siyosatshunoslik, tadbirkorlik, sport va jismoniy tarbiya, turizm va mehmondo‘stlik, teatr, televideniye va kinematografiya, sport va dam olishni boshqarish, farmatsevtika, moliya va buxgalteriya hisobi, kimyo muhandisligi, xoreografiya, energetika, yadro muhandisligi fanlari va boshqalar.

«Ushbu akademik malakani olgan talabalar deyarli tayyorlagan dunyoning ko‘plab nufuzli universitetlarida istalgan mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga kirishlari mumkin», - dedi Gurbanov. 

«Bu yerda siz shunchaki kelib, o‘tirib diplom olishingiz mumkin bo‘lgan joy emas. Faqat o‘qiganlarga diplom beriladi», - dedi Bahrom Gurbanov.

Shu bilan birga, xalqaro ta'lim muassasasi ingliz tilini istalgan darajadagi bilimlari bilan qabul qiladi. Ta'lim muddati tilni bilish darajasiga bog‘liq. Masalan, nol darajasi bo‘lgan odamga 9 oylik emas, balki 13 oylik kurs taklif etiladi. Shu bilan birga, har bir talabaga Buyuk Britaniyaning mukofotlash organi – NCC Educationda ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab 3 yil ichida yiliga 4 marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda har qanday fan bo‘yicha imtihonni qayta topshirish imkoniyati beriladi.

«Men ochiqchasiga e'lon qilishim mumkin: bizda nima bor bo‘lsa, raqobatchilarimizda yo‘q. Bu keng tanlov va cheksiz fakultetlar va mutaxassisliklar, eng yaxshi o‘quv sharoitlari, o‘quv kampusining infratuzilmasi, o‘qishlarni faqat Buyuk Britaniyaning davlat organlari tomonidan tartibga solinishi va eng muhimi, biz darhol to‘lashni talab qilmaydigan maqbul «ommabop» narx. Bu yerda to‘lovni to‘rt, olti va hattoki mashg‘ulotlar davomida sakkiz qismga bo‘lish ham mumkin», - dedi Bahram Gurbanov.

Ma'lumot uchun, 2018 yil 3 oktyabrda O‘zbekistonda GRBS® Xalqaro litsenziyalashtirilgan o‘quv va imtihon muassasasi ochildi. Muassasa ochilishi Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida, Ozarbayjonning Favqulodda va muxtor yelchisi Huseyn Guliyevning bevosita ishtirokida tashkil etildi.

GRBS® 2006 yilda o‘qitish va taqdim yetilayotgan xizmatlar sifatini baholash uchun ISO: 9001 boshqaruv tizimini joriy qilgan MDH va Kavkaz mamlakatlaridagi birinchi ta'lim muassasasidir.

«2020 yilda O‘zbekistondagi yoki chet eldagi universitetlarga kira olmagan barcha abituriyentlar – umidsizlikka tushmang! Toshkentdagi Britaniyaning NCC Education Campus L3IFDHES xalqaro malakasi yordamida – sizga O‘zbekistondagi va chet eldagi xorijiy Universitetlarning ikkinchi yiliga tayyorgarlik ko‘rish va darhol kirishga yordam beradi. Hozir Xalqaro universitetlarda 2-kursni davom ettirayotgan 2020 yildagi muvaffaqiyatli bitiruvchilarimizdan o‘rnak oling», - deya ta'kidladilar GRBS® vakillari.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun grbs.uz/admission havolasiga o‘ting yoki biz bilan telefon orqali bog‘laning:

Telefonlar: +99878 1291919, +99890 1885686

Joylar cheklangan, ro‘yxatdan o‘tish 16 oktyabrgacha davom etadi.

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li 2.

Reklama huquqi asosida

 
Top