19:32 / 09.10.2020
7195

AQSh razvedkasi Kongressni Rossiya va Xitoy ta'siridan ogohlantirdi

AQSh milliy razvedkasi direktori Jon Retkliff yopiq uchrashuvlarda Kongress a'zolarini "odatiy gumondorlar": Xitoy, Rossiya va Eron ta'siri kuchayib borayotganligidan xabardor qilgan.

Foto: AP Photo / Jose Luis Magana

AQSh milliy razvedkasi direktori Jon Retkliff xorijning Kongressga qarshi ta'siri o‘ylanganidan ko‘ra kengroq ekanligini va buning ortida asosan Xitoy turganini ma'lum qildi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Hill gazetasi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Retkliff yopiq uchrashuvlarda Kongress a'zolarini "odatiy gumondorlar": Xitoy, Rossiya va Eron ta'siri kuchayib borayotganligidan xabardor qilgan. Retkliff "eng asosiy tajovuzkor" Pekin ekanligini ta'kidlagan.

"Razvedka XXRning Kongress a'zolariga nisbatan ta'siri bilan bog‘liq operatsiyalari Rossiyanikiga nisbatan olti va Eronnikiga nisbatan 12 marta ko‘proq ekanligini aniqladi", - degan manba.

AQSh hukumati 2016 yilda Rossiyani prezident sayloviga aralashishda ayblagandi. Amerika maxsus ixzmatlari "Trampning Rossiya bilan aloqalari" to‘g‘risidagi hisobot asosida Trampning shtabi xodimlarini kuzatuvga olishgan. Oxir-oqibat maxsus prokuror Robert Myuller “Tramp ishi”ni o‘rgandi va uning Rossiya bilan aloqalariga hech qanday dalil-isbot topilmadi.

Mavzuga oid
Top