19:37 / 09.10.2020
11249

Bishkekdagi tartibsizliklar vaqtida bosh vazir o‘rinbosarligiga nomzod Toktogaziyev jarohatlandi

Avvalroq Bishkekda sobiq prezident Almazbek Atamboyev va yangi bosh vazir Sadir Japarov tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergani aytilgandi.  

Foto: AKIpress

Tarafdorlari tomonidan bosh vazir o‘rinbosarligiga nomzodi ilgari surilgan Tilek Toktogaziyev Bishkekdagi miting vaqtida yaralandi. Bu haqda deputat Elvira Surabaldiyeva ma'lum qildi.

"Tilek kasalxonada hushsiz holda yotibdi", - deb yozdi u Twitter sahifasida.

Avvalroq Bishkekda sobiq prezident Almazbek Atamboyev va bosh vazirlikka yana bir nomzod Sadir Japarov tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergani aytilgandi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar vaqtida Toktogaziyev yaralangan.

5 oktabr kuni Bishkekda hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi ikki partiya g‘olib chiqqan parlament saylovlari natijalariga qarshi namoyishlar boshlandi. Namoyishlar tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Bir necha yuz kishi jarohat oldi, bir kishi halok bo‘ldi.

Mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekovning farmoni bilan Qirg‘iziston poytaxtida favqulodda holat joriy etildi.

Mavzu
Qirg‘izistonda hukumat almashinuvi
Qirg‘izistonda parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan muxolif partiyalar inqilob amalga oshirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top