11:40 / 09.10.2020
19309

Sarvar Boboxo‘jayev TATUga rektor bo‘ldi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga yangi rektor tayinlandi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan Sarvar Boboxo‘jayev Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Sarvar Boboxo‘jayev 1978 yilda tug‘ilgan, 1998 yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2002 yilda Yaponiya xalqaro universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1997 yili «Bakri Uzbekistan Telekom» xorijiy korxonasida tarjimon sifatida boshlagan. 1998-2016 yillarda «O‘zbekinvest» kompaniyasi tizimi, Jizzax davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Singapur menejmentni rivojlantirish institutida turli mas'ul lavozimlarda ishlagan.

Boboxo‘jayev 2016-2018 yillarda Toshkentdagi Inha universitetiga rektorlik qilgan. U 2017 yildan 2019 yil sentabr oyiga qadar O‘zbekiston xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari sifatida ishladi, so‘ng Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi

Top