17:21 / 10.10.2020
3266

Chexiya hukumati koronavirus sababli izolyatsiya rejimini tiklashni o‘ylamoqda

Aholisi 10,7 mln kishini tashkil etuvchi Chexiyada zararlanish holatlari 110 mingga yaqinlashgan, 905 kishi vafot etgan.

Foto: EPA/Vostock-photo

Chexiya hukumati mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari keskin ko‘payganligi sababli yangi izolyatsiya rejimini joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

 Associated Press agentligining xabar berishicha, Chexiyada o‘tgan sutkada 8 618ta yangi holat aniqlangan. Undan bir kun avval esa 5 394ta yangi holat qayd etilgandi, deb xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.

Aholisi 10,7 mln kishini tashkil etuvchi Chexiyada zararlanish holatlari 110 mingga yaqinlashgan, 905 kishi vafot etgan.

Mamlakat hukumati aholini mas'uliyatli bo‘lishga chaqirmoqda. Bosh vazir Andrey Babish agarda zararlanish holatlari o‘sishda davom etadigan bo‘lsa, hukumat izolyatsiya rejimini qaytarishini bildirdi.

Uning qayd etishicha, vaziyat juda jiddiy va odamlar xavfsizlik choralariga rioya qilishlari zarur.  

2 oktyabrdan Chexiyada kinoteatrlar, teatrlar, muzey va galereyalar yopilmoqda, universitet va maktablar ta'limning masofaviy shakliga o‘tadi, sport tadbirlarini o‘tkazish taqiqlanadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top