00:41 / 11.10.2020
3970

Tramp koronavirus yuqtirganidan keyingi ilk saylovoldi mitingini o‘tkazdi

Tramp o‘z nutqida ma'muriyati erishgan yutuqlarni sanadi va demokratlar nomzodi Jo Baydenni tanqid qildi.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus yuqtirgani ma'lum bo‘lganidan buyon ilk saylovoldi mitingini o‘tkazdi. 

"O‘zimni a'lo darajada his qilyapman", - dedi u Oq uy bog‘ida to‘planganlarga balkonda turib.

So‘ngra esa ma'muriyati erishgan yutuqlarni sanadi va demokratlar nomzodi Jo Baydenni tanqid qildi.

Trampning tarafdorlari uning so‘zlarini qizg‘in qarshilashdi va uni "Biz sizni yaxshi ko‘ramiz" deb olqishlashdi.

"Bu mamlakatimiz tarixidagi eng muhim saylov bo‘ladi. Albatta ovoz bering. Bilingki, men ham sizlarni yaxshi ko‘raman", - dedi u.

Trampning nutqi 20 daqiqaga yaqin davom etdi.

O‘tgan haftada Donald Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Melanya koronavirus yuqtirgani ma'lum bo‘lgandi. AQSh prezidenti shifoxonaga yotqizildi, ammo uch kundan so‘ng unga javob berildi.

Chorshanba kuni Tramp Oq uydagi ishiga qaytdi.

Mavzuga oid
Top