22:11 / 12.10.2020
5090

Dunyodagi eng yirik aviakompaniyalardan birining rahbari iste'foga chiqdi

British Airways’ga Irlandiyaning Aer Lingus avikompaniyasi direktori Shon Doyl rahbar bo‘ladi.

Foto: Reuters

Dunyoning eng yirik aviakompaniyalaridan biri bo‘lgan British Airways rahbari Aleks Krus iste'foga chiqdi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Krus kompaniyadagi faoliyatini noijrochi direktor lavozimida davom ettiradi. U British Airways aviakompaniyasiga 2016 yilda Ispaniyaning Vueling aviakompaniyasidan o‘tgandi.

British Airways’ga Irlandiyaning Aer Lingus avikompaniyasi direktori Shon Doyl rahbar bo‘ladi. U rahbarlik qiladigan aviakompaniya International Airlines Group (IAG) xoldingi tarkibiga kiradi. Xolding British Airways, Ispaniyaning Iberia, Vueling, Level va yuk tashuvchi IAG Cargo aviakompaniyalariga egalik qiladi.

Yil boshidan buyon dunyo bo‘yicha ichki parvozlarda yo‘lovchilar soni 57,5 foizga, xalqaro parvozlarda esa 91,9 foizga kamaydi. 40ta aviakompaniya bankrotlik jarayonini boshladi.

Top