13:03 / 12.10.2020
28670

O‘zbekistonda ilk bor strategik foydali qazilma uchastkalari sotuvga qo‘yildi

Onlayn auksion orqali sotib olish mumkin bo‘lgan strategik foydali qazilmalar mavjud uchastkalar haqidagi ma'lumotlar “E-IJRO AUKSION” saytiga joylashtirildi. Auksionga joylashtirilgan yer qa'ri uchastkalari ichida respublikada joylashgan oltin, uran, mis, kumush, volfram, qalay, marganets  va boshqa turdagi foydali qazilma uchastkalari mavjud.

Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyundagi “Yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 403-sonli qaroriga muvofiq 34 ta strategik turdagi foydali qazilma uchastkalari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn auksionga joylashtirildi.

Endilikda barcha  xorijiy va mahalliy investorlar, internet foydalanuvchilari “E-IJRO AUKSION” platformasi orqali masofadan turib O‘zbekiston hududidagi strategik turdagi foydali qazilmalar mavjud konlar va istiqbolli maydonlar joylashuvini ko‘rishi, yer maydoni haqidagi birlamchi ma'lumotlar bilan tanishishi, ushbu konlarni va istiqbolli maydonlardan foydalanish huquqini auksionda qatnashuv orqali qo‘lga kiritishi mumkin.

Elektron onlayn auksionga joylashtirilgan yer qa'ri uchastkalari ichida respublikada joylashgan oltin, uran, mis, kumush, volfram, qalay, marganets  va boshqa turdagi foydali qazilma uchastkalari mavjud. Tadbirkorlik sub'yektlariga yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish elektron savdolar asosida amalga oshiriladi.

Mavzuga oid
Top