18:44 / 13.10.2020
5147

Amazon xodimlari ish tashlashmoqchi

Germaniyadagi Ver.di kasaba uyushmasi va uning a'zolari Amazon xodimlari ko‘proq miqdordagi ish haqi va mehnat sharoitlari yaxshilanishiga munosib deb hisoblamoqda.

Foto: Getty Images

Germaniyada dunyoning eng boy kishisi Jyeff Bezos rahbarlik qiladigan Amazon kompaniyasi ishchilari ish tashlashga qaror qilishdi. Ular oylik ish haqi kamligiga qarshi bosh ko‘tarishdi, deb yozadi CNBC.

 Germaniyadagi Ver.di kasaba uyushmasi va uning a'zolari Amazon xodimlari ko‘proq miqdordagi ish haqi va mehnat sharoitlari yaxshilanishiga munosib deb hisoblamoqda. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, mitingda minglab xodimlar qatnashmoqda. Ishchilar Prime Day – kompaniya uchun ish eng ko‘p bo‘ladigan kunda ish tashlashga qaror qilishgan.

Kasaba uyushmasi shuningdek, Amazon kasaba faollariga bosim o‘tkazish uchun ularni kuzatuv ostiga olgan degan fikrda.

Qayd etilishicha, internet-reteyler 2020 yilda ofislar va omborlarda xodimlarning ish faoliyati va harakatlarini kuzatish tizimini o‘rnatgan. Ish vaqti tugaganida har bir xodim bir necha o‘n daqiqa tekshirilgan.

Oktyabrda Amazon xodimlari Bezosning uyi oldida oylik maoshlari oshirilishi va bepul tibbiy xizmatni talab qilib miting o‘tkazishgandi.

Mavzuga oid
Top