21:34 / 13.10.2020
7465

Germaniya aholisi 10 yil ichida ilk bor qisqardi

Germaniya aholisi 2010 yil 2-yarmidan beri birinchi marta qisqardi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, Germaniya aholisi 2020 yilning 1-yarmida 40 ming kishiga qisqargan.  

Foto: Reuters

Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda mamlakatda 83,1 mln kishi yashamoqda.  

Germaniya aholisining qisqarishi pandemiya sababli mamlakatga keluvchi muhojirlar oqimining keskin kamaygani bilan bog‘lanmoqda. Statistik ma'lumotlarning ko‘rsatishicha, joriy yilning ilk 6 oyida Germaniyaga keluvchi muhojirlar soni 29 foizga qisqargan. 

Germaniyada bir necha yil davomida past tug‘ilish darajasi immigratsiya darajasining yuqoriligi bilan qoplab kelingan.

Top