16:56 / 13.10.2020
20298

Tixanovskaya Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi

25 oktyabrgacha hukumat muxolifat talablarini bajarishi, xususan, Lukashenko iste'foga chiqishi, barcha siyosiy mahbuslar ozod etilishi va ko‘chalardagi zo‘ravonliklarga chek qo‘yilishi lozim.

Foto: AP Photo / dpa / Kay Nietfeld

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 25 oktyabrgacha hukumat muxolifat talablarini bajarishi, xususan, Lukashenko iste'foga chiqishi, barcha siyosiy mahbuslar ozod etilishi va ko‘chalardagi zo‘ravonliklarga chek qo‘yilishi lozim.

Aks holda esa Tixanovskaya ommaviy namoyishlar, korxonalarda milliy ish tashlashlar, yo‘llar to‘silishi va davlat do‘konlarida savdolar to‘xtashini va'da qilmoqda.

Avgust boshlarida Belarusda prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda oltinchi marta amaldagi prezident Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘ldi. Tixanovskaya ikkinchi o‘rinni egalladi.

 Saylov natijalari e'lon qilinganidan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top